Янгиликлар
Navbatdagi sayyor qabul Peshko' tumanida o'tkazildi
Аholining muammolarini joyida hal etish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish orqali qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʼrtasida keng targʼib qilish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 2021 yil 27 sentyabr kuni Peshko' tuman "Navbahor" MFY binosida sayyor qabul bo'li.
Ushbu bo'lib o'tgan sayyor qabulni viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi o'rinbosari Sh.Toyirov ochib berib, yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, tumanda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʼrtasida keng targʼib qilishda adliya organlarining oʼrni toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.
Qabul jarayonida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumotlar berildi. Shuningdek, kam ta'minlangalik nafaqasi, bola puli, pensiya, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda jami 4 ga yaqin fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan 17 ta murojaat koʼrib chiqish uchun qabul qilib olindi.
Tashkiliy nazorat va tahlil ishlari bo'limi I.Bozorov