Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xarid chekini olgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi


2021-yilning 4-oktyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi

Ushbu qarorga ko‘ra quyidagi o'zgarishlar amalga oshiriladi.

2022 yil 1 yanvardan:

chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida xaridni amalga oshirib, xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

Bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno.

savdo tashkilotlari yoki sotuvchilar tomonidan sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni sotganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to‘g‘risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi;

to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va shu orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integrasiyalashni ta’minlash talabi o‘rnatiladi.

Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-yanvardan Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar yagona elektron milliy katalogi identifikasiyalash kodlari aks ettirilmaydigan onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassa cheklarini taqdim etish taqiqlanadi. 

Bu borada tadbirkorlarga qator qulaylik va imtiyozlar yaratiladi. Shu jumladan, 2023-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik sub’yektlariga onlayn nazorat-kassa mashinasi hamda maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berildi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori