Янгиликлар
Til bor ekan millat barhayot
Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Bejizga "Tilga e’tibor - elga e’tibor" deb ta’kidlab o‘tishmagan. Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o‘rin tutadi.
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.
“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Mazkur bayram munosabati bilan joriy yilning 15-oktabr kuni Buxoro viloyati yuridik texnikumida o'quvchilari o'rtasida "Til bor ekan millat barhayot" shiori ostida "Notiqlik tanlovi" o`tkazildi. Tanlov viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi mas`ullari hay`atligida tashkil etilib, unda oʼquvchilar 3 ta shart bo`yicha oʼzlarini notiqlik san`atlarini namoyon etdilar.
Tanlovda o`quvchilar yangi qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarini targ`ib qilishda notiqlik san`atidan foydalanish, huquqshunoslik fanlaridan tegishli mavzularni tanlab tushuntirish va sud protsessi jarayonida taraflar muzokarasining nutqlaridan lavhalar keltirish borasida o`zaro bellashishdilar.
Tanlov natijasiga ko`ra:
1-oʼrinni Shukrullaev Ergash Erkin oʼgʼli
2-oʼrinni Bafoeva Oygul Latif qizi
3-oʼrinni Roʼziev Shaxzodjon Oʼtkir oʼgʼli egalladi.
Tanlov gʼoliblari va ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
Bekzod Nishonov, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i