Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Nazariya va amaliyot uygʼunligi taʼlim tizimining muhim sharti.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-5618-son farmonining mazmun mohiyati boʼyicha Buxoro viloyati yuridik texnikumi yuridik klinikasi, “Ommaviy-xususiy” va “Hususiy-huquqiy” kafedrasi oʼqituvchilari va texnikum psixologi tomonidan yuridik klinika volontyor oʼquvchilari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda soʼnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʼsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar haqida aytib oʼtildi.