Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Аdvokatura sohasidagi hujjatlar ijrosi muhokama qilindi


Joriy yilning 6-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Аdvokatlar palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi majlislar zalida tizimdagi advokatlik tuzilmalari rahbarlari va ularda faoliyat yuritayotgan advokatlar ishtirokida “Аdvokatura sohasidagi hujjatlar ijrosi” mavzusida yigʼilish oʼtkazildi. Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Аdvokatlar palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamkorligida tashkil etildi.

 Tadbirda dastlab, Аdvokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi Z.I.Muxamedova soʼzga chiqib, oʼtgan davr mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining sudlarda jinoyat, fukarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlarni koʼrilishi bilan bogʼliq nizolar yuzasidan advokatlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili yuzasidan toʼxtalib oʼtdi. 

 Soʼzga chiqqan viloyat prokuraturasi boʼlim katta prokurori M.Muxammedov maʼruzani davom ettirib, joriy yilning 9 oyi davomida prokuratura organlariga sudda koʼrilgan yoki koʼrilayotgan ishlar buyicha advokatlar tomonidan jami 128 ta murojaatlar kelib tushganligini, advokatlar tomonidan sud qarorlaridan norozi boʼlib yullangan murojaatlarda Oʼzbekiston Respublikasining "Аdvokatura toʼgʼrisida"gi Qonuni talablariga rioya qilinmayotganligi, ayrim advokatlar tomonidan oʼziga yuridik yordam soʼrab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilishning qonuniy usullaridan foydalanilmayotganligi maʼlum boʼlganligini bayon qilib, ushbu holatlar yuzasidan alohida toʼxtalib oʼtdi.

 Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boʼlim boshligʼi B.Mansurov soʼzga chiqib, Аdvokatlar palatasi tizimidagi advokatlik tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan advokatlarning Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasini oshirganligi bilan bogʼliq amaliyot tahlili natijalari yuzasidan maʼruza qildi.

 Shundan soʼng, soʼzga chiquvchilar advokatlarning sudlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning surishtiruv va tergov tizimlarida navbatchilik asosida davlat hisobidan ishtirok etishlariga oid navbatchilik jadvallari ijrosini taʼminlanishi ahvoli, advokatlar tomonidan aʼzolik badallarining toʼlanishi ahvoli, advokatlar tomonidan ularning kasbiy faoliyati bilan bogʼliq taʼqiblar, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish boʼyicha kiritilishi mumkin boʼlgan masalalar, sohadagi mavjud muammolar yuzasidan toʼxtalib, oʼzaro muhokama qilib olindi.