Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

"Qonun ustuvorligi jamiyat farovonligi garovi" shiori ostida seminar tadbiri tashkil etildi


Barchamizga ma'lumki, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash malakat rivojini ta'minlashda ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shundan kelib chiqgan holda barcha davlat organlari va muassasalari tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirib borishga qaratilagan targ'ibot tadbirlari tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan.

Xususan, yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarni ko'zlagan holda joriy yilning 11-noyabr kuni viloyat adliya boshqarmasi, Buxoro shahar adliya bo‘limi va Intellektual mulk himoyasi markazi xodimlari hamkorlikda Buxoro davlat universitetida talaba yoshlar orasida "Qonun ustuvorligi jamiyat farovonligi garovi" shiori ostida seminar tadbiri tashkil etishdi.

Mazkur tadbir davomida dastlab talaba yoshlarga adliya organi mas’ul xodimlari tomonidan qonunchiligimizning bosh mezoni bo'lmish konstitutsiyamizningning ahamiyati, huquq-tartibotni ta’minlashdagi, shuningdek, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklari ta'minlashdagi o'rni xususida tushuntirishlar berishdi.


Tadbir davomida intellektual mulk himoyasi markazi xodim so'zga chiqib, tovar va xizmat ko'rsatish belgilarining huquqiy muhofazasi, ushbu belgilarni davlat ro'yxatidan o'tkazishning afzalliklari to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi.

Binobarin tadbir ishtirokchilari bo'lmish talaba yoshlarga bugungi kunda ularga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida talaba yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi