Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida


Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga puxta bilim berish, kasbga yo‘naltirish barkamol shaxs kamolotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois ta’lim dargohlarida o‘quv-tarbiya ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida ta’lim muassasalarida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi binosida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi, Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi, viloyat adliya boshqarmasi va Kogon shahar adliya bo’limi kabi tashkilotlar hamkorligida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyati sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Qambarova Sarvinoz so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, nikoh yoshi va uni rasmiylashtirish tartibi, bugungi kunda nikohdan ajratish to‘g‘risida ko‘rilgan ishlar statistikasi va ajrimlarning asosiy sabablari hamda erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari xususida o‘quvchi yoshlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, o‘quvchi yoshlarga voyaga yetmagan bolalarning manzil kaloniyalarida jazoni ijro etish holatidan video lavha namoyish etilib, ushbu lavha yuzasidan o‘quvchilarning fikr va munosabatlari tinglandi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni tashkil qilinganligi, unda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi va imtihon bosqichlari yuzasidan tushuntirishlar berib o’tildi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar bilan interfaol usulda savol-javoblar o‘tkazilib, faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mazkur tadbirda yoshlar bu kabi tadbirlarni yanada kengaytirish tarafdori ekanliklarini bildirishdi.

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi