Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi


So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish hamda bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida davlat organlari tomonidan tizimli ravishda targ'ibot tadbirlari tashkillashtirilib kelmoqda.

Shu kabi targ'ibot tadbirlaridan biri kuni kecha Kogon shahar tibbiyot birlashmasi binosida viloyat adliya boshqarmasi va Kogon shahar adliya bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda dastlab adliya organi mas'ul xodimlari tomonidan korrupsiya tushunchasi, vujudga kelish asoslari, ko'rinish shakillari, jamiyat va davlat hayotida keltirib chiqargan va keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlari hamda milliy qonunchiligimizda korrupsion ijtimoiy qilmishlar uchun belgilangan jazo choralari xususida tushuntirishlar berib o'tishdi.

Shundan so'ng Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni tashkil qilinganligi, unda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi va imtihon bosqichlari yuzasidan tushuntirishlar berib o’tildi.

Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan maqsad har bir xodim xizmat vazifalarini bajarishda halollik va shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashdan iboratdir.