Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


Buxoro viloyat Adliya boshqarmasining 2021-yil 2-yarmiga mo‘ljallangan jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish jadvaliga muvofiq, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Toyirov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘xtayev hamda Buxoro tuman hokimligi xotin-qizlar masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar bo’yicha bosh mutaxassisi Sh.Yuldashevalar bilan hamkorlikda Buxoro tuman "Rabotak" mahalla fuqarolar yig’ini 1-sektor binosida sayyor qabul tashkil qilindi.

Qabulda 20 dan ortiq fuqarolar, xususan “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar qabul qilinib, ularning aksariyatining huquqiy masalada muammolari huquqiy tushuntirish bergan holda hal etildi. Qo‘shimcha tekshirish va o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar viloyat Adliya boshqarmasining ish yurituviga qabul qilindi.