Янгиликлар
Buxoroda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi
“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan antikorrupsion haftalik doirasida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bojxona organlari tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy aksilkorrupsiyaviy tizimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilar keng jamoatchilikni tanishtirishdir.
Samimiy va o‘zaro savol javob tarzida o‘tkazilgan tadbirda jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi