Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlandi


Bugun, 7-dekabr kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, tuman va shahar adliya bo‘limi xodimlari hamda yuridik markaz xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Ochilov so‘zga chiqib, barchani qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab, so‘nggi yillarda adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, adliya organ va muassasalaridagi ochiqlik, professionallik va tizimli yondashuv siyosati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini, fuqarolarni adliya idoralari faoliyatidan rozi qilish orqali xalqqa yanada yaqin bo‘lish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so'ng, adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatolgan bir guruh xodimlarga adliya vazirligi va boshqarma tomonidan faxriy yorliq topshirildi.

Adliya boshqarmasi Inson huquqlarni himoya qilish bo'limi boshlig'i Tuyg'un Azimov adliya vazirligi tomonidan "Adliya a'lochisi" ko'krak-nishoni bilan taqdirlangani ham alohida e’tirofga loyiq.

Fursatdan foydalanib, viloyat adliya boshqarmasi jamoasi hamyurtlarimizni Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda xonadonlariga tinchlik - xotirjamlik, fayzu - baraka tilaydi.

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi