Янгиликлар
"MENING HUQUQ VA MAJBURIYATLARIM" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Joriy yilning 15-dekabr kuni Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabida "Mening huquq va majburiyatlarim" respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilishga, shuningdek, har bir o‘quvchida davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularni shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, o‘quvchilardla huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Unda 13 ta jamoa ishtirok etib, test topshiriqlari, savol-javob va sahna ko‘rinishi shartlari asosida o‘z huquqiy bilimlarini namoyish etib, o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, har uchchala shartda faollik ko‘rsatib, eng yuqori natijani qayd etgan Peshko‘ tumani jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo'lga kiritdi.
Shofirkonlik bilimdonlar 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qorovulbozor tumani jamoasi 3-o‘ringa munosib topildi.
Ko‘rik tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar va g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi