Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida targ'ibot tadbiri tashkillashtirildi


Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan islohotlar natijasida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi ish uslublari tatbiq qilinib, aholi va jamoatchilik bilan uzviy muloqot yo‘lga qo‘yildi, ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etildi. Shu bilan birga, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda davlat organlari o‘rtasida hamkorlik asosida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish mexanizmlari vujudga kelib, davlat organlari tomonidan tizimli ravish targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mana shu kabi hamkorlikdagi targ'ibot-tashviqot ishlaridan biri kuni kecha Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Buxoro viloyat boshqarmasi tomomonidan Buxoro davlat universiteti talabalari o'rtasida amalga oshirildi.

Uchrashuvda mutasaddilar tomonidan viloyat hududida aynan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar xususida so'z yuritilib, keyingi vaqtlarda yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan o'g'irlik va firibgarlik jinoyatlarining turli ko'rinishlari, ularni sodir etishning usul va uslublari hamda yangicha ko'rinishlari birma bir tahlil qilinib, ushbu qilmishlarning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mavzu doirasida hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Bu kabi olib borilayotgan keng ko‘lamli targ'ibot tadbirlaridan ko'zlangan maqsad yoshlarda huquqbuzarliga qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga daxldorlik hissi shakllantirishdir.

Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi