Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Huquqiy ongni oshirib borish davr talabi!


Kuni kecha Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi asosida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda Buxoro shahrida joylashgan “Do‘stlik uyida” NNTlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir jarayonida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ–5012-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2021-yil 4-martdagi PF–6181-sonli “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida NNTlar murojaatlarini ko‘rib chiqishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, NNTlardan davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha murojaatlar, NNTlar faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, grant va subsidiya mablag‘lari ajratish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, mazkur davra suhbati jarayonida tadbir ishtirokchilariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurlari tashkil etilayotgani, ushbu kurslarning olib borish usullari va ushbu kurslardan erishilishi ko‘zlangan maqsad xususida ham fikr yuritildi.