Янгиликлар
Mening huquqim
Barchamizga ma'lumki o‘zbek xalqi bolajon xalq. Bu bugun yoki kecha shakllangan anana emas, balki asrlar davomida bizga meros bo‘lib kelayotgan qadriyatdir. Bu qadriyatlarning tag zamirida bolani e’zozlash, unga, eng avvalo, inson sifatida muomalada bo‘lish, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari yotadi.
Bugungi kunga kelib bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mehribonlik uyi muassasalari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash davlatimizning muhim vazifalaridan biriga aylanib bo'lgan desak adashmagan bo'lamiz.
Bu tizimni yanada rivojlantirish maqsadida joylarda adliya organlari tomonidan "Mening huquq va majburiyatlarim" shiori ostida turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Shu kabi tadbirlardan biri 23-dekаbr kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi hamda Buxoro shahar adliya bo‘limi tomonidan Buxoro shahridagi 32-sonli «Mehribonlik uyi»da tashkil etildi.
Tadbirda adliya organi mas'ul xodimlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot hamda davlatimiz tomonidan ularning ijtimoiy moslashuvi uchun qonunchilikda belgilangan mavjud huquqlari yuzasidan tushuntirishlar berishdi.
Shundan so'ng ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida qiziqarli viktorina o‘tkazilib, faol ishtirokchilar adliya xodimlari tomonidan turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Jaxongir ASHUROV,
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi
yetakchi maslahatchisi