Янгиликлар
#ADLIYA_SHONLI_30_YIL
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi PF-314-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirildi.
Mazkur sanadan boshlab adliya organlari qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida bir qancha samarali ishlar amalga oshirib, demokratik huquqiy davlat barpo etishda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.