Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

#Adliya_shonli_30_yil


O‘tgan 6 yil davomida adliya organlari faoliyati tubdan isloh qilinib, adliya organlari zimmasiga qator vazifalar yuklatildi hamda yangi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etildi. Bu kabi o‘zgarishlardan ko‘zlangan maqsad jamiyat taraqqiyotiga erishish bo‘lib, ushbu shonli yo‘lida qilinayotgan islohotlarda adliya organlarining ham hissasi borligi juda quvonarli holat.

Adliya organlarining asosiy maqsadi ham odamlarning og‘irini yengil qilish, dardiga malham bo‘lish, har bir fuqaroning haq-huquqlarini ta’minlash orqali shu xalqning roziligiga erishishdir.

Bugun, adliya organlarining 30 yilligini munosabati bilan Buxoro viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari turli idora va tashkilotlarga tashrif buyurib, adliya organlarining tarixi va bugungi kundagi faoliyati yuzasidan suhbatlar o‘tkazishmoqda.