Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“Adliya shonli 30 yil” shiori ostida sport musobaqasi bo'lib o'tdi


  Bugun, 11-yanvar kuni adliya organlari tizimi tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Adliya shonli 30 yil” shiori ostida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat hamda shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkillashtirildi.

Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejida tashkil etilgan mazkur musobaqada sportning voleybol turi bo'yicha viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo'limlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlaridan tarkib topgan jami 9 ta jamoa o'zaro kuch sinashdi.

Juda qizg‘in va murosasiz kechgan sport musobaqasida sportning volebol turi final bosqichi natijasiga ko‘ra 1-o‘rin Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga, 2-o‘rin G'ijduvon tumaniga, 3-o‘rin Peshko‘ va Vobkent tumani xodimlaridan tarkib topgan jamoaga nasib etdi.

Sportning stol tennisi bo'yicha esa 1 va 3-o‘rinlar Buxoro viloyat adliya boshqarmasi xodimlariga, 2-o‘rin Shofirkon tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimiga, Shaxmat turi bo'yich 1-o'rin Peshko' tuman adliya bo'limi xodimiga, 2-o'rin Buxoro viloyat adliya boshqarmasi xodimiga, 3-o'rin Buxoro tuman adliya bo'limi xodimiga, sportning shashka turi bo'yicha 1-o'rin Buxoro shahar adliya bo'limi xodimiga, 2-o'rin Buxoro viloyat adliya boshqarmasi xodimiga, 3-o'rin Natarial arxiv bo'limi xodimiga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi musobaqalarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad xodimlarni jismoniy chiniqtirish, sportda qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishdirdan iboratdir.