Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi


Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. Bu tinchlik va osudalikning orqasida davlatimizning oqilona siyosati, harbiylarning yurt sarhadlarini fidorona qo‘riqlayotgani yotadi.

Shu ma’noda xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda Motamsaro ona haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi yaxshi an’anaga aylangan bo‘lib, bugun Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov, viloyat sektorlari, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi o‘sib kelayotgan yosh avlodning ota-bobolari, bugungi yorug‘ kunlar uchun fido bo‘lgan insonlarni yod etib, tinchlik qadri va ahamiyati haqida ijobiy xulosa qilishlari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Jaxongir Ashurov,
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi