Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Faoliyatdagi oshkoralik tarqqiyot kafolati


Yurtimizda demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli beqiyosdir. Shu ma’noda ommaviy axborot vositalari davlat va jamiyat o‘rtasida eng samarali demokratik institut sifatida o‘z o‘rnini topayotganligini e’tirof etish lozim.

Shunga ko‘ra, Adliya organlarida faoliyat haqida keng jamoatchilikka muhim axborotlar berish, ularning huquqiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan “Ochiq adliya” ijtimoiy dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda adliya organlari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga va ular orqali keng jamoatchilikka hisobot berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 17-yanvar kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasining majlislar zalida karantin qoidalariga rioya etgan holada online va offline shaklda tashkil etildi.

OAV xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari hamda blogerlar ishtirok etgan mazkur anjumanda boshqarma rahbariyati tomonidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va uning tizim tashkilotlari tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan to‘xtalib, quyidagilarni ma’lum qildi.

Chunonchi, murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida adliya organlariga kelib tushgan jami 5699 ta murojaatdan 5279 tasi hal etilganligi va mazkur hal etilgan murojaatlarning 4129 tasi ya’ni 78.2 % qanoatlantirilganligiga urg‘u berib o‘tildi.

Shuningdek, adliya organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 100 932 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanganligi va ularni bartaraf ettirish maqsadida tegishli tashkilotlarga 1358 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 319 ta taklif va 2780 ta ogohnoma kiritilganligiga to‘xtalib, ta’sir choralar natijasida tashkilotlarning 666 nafar mas’ul xodimi intizomiy javobgarlikka, 337 nafar mansabdor shaxs esa ma’muriy javobgarlikka tortilganligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, adliya organlari tomonidan fuqarolarning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida sudlarga jami 17 mlrd. 253 mln. 206 ming so‘mlik 2039 ta da’vo arizalari kiritilishi natijasida 14 mlrd. 495 mln. 599 ming 512 so‘mlik 1807 ta da’vo arizalar sudlarning tegishli qarorlariga asosan qanoatlantirilib, fuqarolar foydasiga hal etilgan.

Boshqarmaning Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha nodavlat nodavlat notijorat tashkilotlar reyestrida 31.12.2021 yil holatida jami 586 ta nodavlat notijorat tashkiloti ruyxatga olingan bo‘lib, shundan 366 tasi davlat ro‘yxatidagi va 220 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar, bundan tashqari, 18 ta hakamlik sudlari (39 nafar sudya) ro‘yxatga olingan. Ayni paytda 117 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 107 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Boshqarmaning huquqiy xizmatni davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishi faoliyati bo‘yicha:
2021-yilning 31-dekabr kunidan boshlab viloyatida xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ayni paytda 47 ta xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, viloyatda 105 ta advokatlik tuzilmalari va 8 nafar mediator faoliyat olib bormoqda.

Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:
2021-yil davomida boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 114 ta (boshqarmaga 9 ta, tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 105 ta) qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun topshirilib, 100 ta qaror loyihalari O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilgan norma talablari asosida ishlab chiqilganligi sababli rozilik imzosi qo‘yilib, boshqarma tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 38 ta normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olingan.

Shuningdek, qonun ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:
2021-yilning yakunlari bo‘yicha boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 480 ta taklif kiritilgan.

Bundan tashqari, Adliya organlari tomonidan 2021-yil davomida jami 21325 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 17660 marotaba, boshqarma bo‘limlari 3665 marotaba), shundan 9098 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 6767 ta, boshqarma bo‘limlari 2331 ta, shundan 376 ta televideniye, 1100 ta radio, 228 ta gazeta va jurnallarda hamda 7394 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 11 229 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 10068 ta, boshqarma bo‘limlari 1161 ta, shundan 2939 ta ma’ruza, 2269 ta davra suhbati, 859 marta seminar va 5162 ta uyma-uy yurib) tadbirlarni tashkil etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan adliya xodimlari tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Xulosa o‘rnida, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor etib borishi yangilanayotgan jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida o‘zining ijobiy natijasini berib, fuqarolarimizning xabardorlik darajasi oshib, birinchi navbatda, ularning ijtimoiy faolligiga, tashabbuskorligiga va ayniqsa mamlakat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda yanada faol ishtirok etishga ta’minlaydi.