Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-chorak davomida 1679 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1649 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1144 ta murojaat yoki 69 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2022-yil 1-chorak davomida jami 285 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida 2022-yilning I yarim yilligida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 905 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 1170 ta murojaatlarning 914 ta murojaat qanoatlantirildi, 143 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 10 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Шунингдек, ижобий ҳал қилинган ва қаноатлантирилган мурожаатлар доимий равишда телевидение, радио, ижтимоий тармоқлар, босма ва бошқа электрон оммавий ахборот воситаларида ёритилиб борилмоқда.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 1455 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 1012 tasi hal etilgan bo‘lib, 905 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 62 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 67 taqdimnoma, 632 da’vo arizasi, 12 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 30 nafar xodim intizomiy,12 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 8 755 229 216 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 58 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi.

Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan va yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 154 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 145 tasi hal etilgan bo‘lib, 92 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 59 % ni tashkil qiladi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 13 taqdimnoma, 26 da’vo arizasi, 2 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 5 nafar xodim intizomiy, 2 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 3 571 903 651 so‘m undirilishi ta’minlangan.

Mazkur sohadagi tahlil ham murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, bank faoliyati va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

Rejalashtirishi va samadorlikni

baholash bo‘limi