Янгиликлар
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2022-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.
I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-choraklari bo‘yicha 1679 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 1447 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 1144 ta murojaat yoki 68 foizi qanoatlantirilgan.
Bundan tashqari, 303 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 33 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.
II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 403 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 103 ta taklif (shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar soni 11 ta) va
1048 ta ogohnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 209 tani tashkil qilgan. 81 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bugungi kunda qoldiqdagi 94 ta taqdimnoma va 22 ta ma’muriy takliflar tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga jami 13 mlrd. 648 mln. 221 ming 519 so‘mlik 791 ta da’vo arizalari kiritilgan. Hisobot davri boshida 3 mlrd. 262 mln. 480 ming 796 so‘mlik 238 ta da’vo arizalari qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Kiritilgan da’vo arizalarning 11 mlrd. 257 mln. 403 ming 45 so‘mlik 949 tasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.
IV. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.
Hisobot davrida bo‘lim tomonidan jami 57 ta idoralar faoliyati o‘rganildi. 29 ta idoralarning 15 ta statistik hujjatlari va 15 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 4 tasini qonun hujjatlari, 8 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 3 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlar tashkil etdi.
Hisobot davrida 15 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 37 marotaba vazirlik va idoralarga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 1 marta umumlashtirilgan ma’lumotlar kiritildi.
Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 2 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 210 nafar fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.
Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 12 takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.
V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.
Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 31.03.2022-yil holatida jami 586 ta nodavlat notijorat tashkiloti ruyxatga olingan bo‘lib, shundan 368 tasi davlat ro‘yxatidagi va 218 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 117 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 107 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
VI.Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:
2022-yil 1-choragi davomida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 50 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun topshirilib, 38 ta qaror loyihalari O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilgan norma talablari asosida ishlab chiqilganligi sababli rozilik imzosi qo‘yildi.
Boshqarma tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 39 ta normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olingan. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.
Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2022-yil 1-choragi davomida jami 12 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 14-martdagi “Yuridik xizmat faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 73-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yilning 1-choragi davomida 12 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazildi, shundan 3 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tmagan deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.
Shuningdek, 10 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 10 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tgan deb topilib guvohnomalar berildi.
Shuningdek, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, ularni qabul qilish, rasmiy nashrlarda e’lon qilish, qonun hujjatlarini targ‘ib qilish, ijrochilarga yetkazish va ularning turkumlashtirilgan hisobini yuritishni tashkil etilishida qonun hujjatlariga rioya etilishi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hokimliklar tomonidan normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni tegishli tartibda adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qabul qilinganligi hamda ularni rasmiy veb-saytlarga joylashtirmaganligi aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 1 ta taqdimnoma kiritildi.
VII. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:
2022-yilning I-choragi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 120 ta taklif kiritilgan.
Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga yetkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 293 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19 ta, Prezident farmoni 18 ta, Prezident qarori 65 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 91 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 61 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 39 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda yetkazilishi ta’minlandi.
Adliya organlari tomonidan 2022-yilning I choragi davomida jami 6520 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 5715 marotaba, boshqarma bo‘limlari 805 marotaba), shundan 2980 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 2514 ta, boshqarma bo‘limlari 466 ta, shundan 94 ta televidenie, 291 ta radio va radiouzellar, 58 ta gazeta va jurnallarda hamda 2537 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 3250 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 2956 ta, boshqarma bo‘limlari 294 ta, shundan 909 ta ma’ruza, 581 ta davra suhbati, 56 marta seminar va 1449 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.
Mazkur tadbir va OAVlar orqali amalga oshirilgan chiqishlarda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, 8068 ta ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari ishtirokchilarga tarqatildi.
Rejalashtirish va samaradorlikni
baholash bo‘limi