Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati o'rganildi


Respublika ishchi guruhining topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda viloyat darajasidagi 12 ta davlat organi va tashkilotlari rahbarlari viloyat studiyasidan hamda ularning tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari, tuman va shahar adliya bo‘limlarining boshliqlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbarlari tumanlardan ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Suhbat davomida davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmat mobaynida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mazkur sohani va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.