Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

13 yil o'tib qayd etilgan nikoh


Barchamizga ayonki hujjat ishlari oʻz vaqtida hal etilmasa, inson hayotda koʻplab muammo va masalalarga duch keladi, fuqaroning ortiqcha sarsongarchiligiga sabab boʻladi. Shunday holatlarga barham berish va uni oldini olish esa barchamizning vazifamizdir.

Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun har bir soha va tarmoqda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Adliya tizmida ham fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar hal etilib, ularning murojaatlari tez fursatlarda koʻrib chiqilmoqda. Peshku tumanida yashovchi fuqaro M. Ergasheva ba’zi bir sabablarga koʻra 2019- yilda tug`ilgan farzandi uchun tugʻilganlikni qayd etish guvohnomasini ololmagan edi.

Adliya tizimi xodimlari tomonidan mazkur hududdagi muammolar oʻrganilganda fuqaro Peshku tuman Adliya boʻlimiga farzanidining ilk rasmiy hujjatini olib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Shundan soʻng, mutaxassislar zarur barcha hujjatlarni tayyorlashdi va Peshku tuman FHDY boʻlimi tomonidan Muhammadalijonning ilk rasmiy hujjati topshirildi.

Yana bir shunga oʻxshash holat Buxoro tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi. Ya'ni fuqarolar B.Amonov va N.Raxmatovalarning 13 yildan buyon qonuniy nikohlari mavjud emasligi ma’lum boʻldi. Shu oʻrinda, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi arxivida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarining raqamlashtirilgani fuqarolarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson boʻlishiga xizmat qilinganini alohida taʼkidlash oʻrinli. Ushbu ma’lumotlar asosida Buxoro tuman FHDY xodimlari tomonidan B.Amonov va N.Raxmatovalarning nikohlari qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomalari topshirildi.

Baʼzan birgina beparvolik sabab oʻz vaqtida hal etilmagan yumushlar yillar oʻtib turli koʻngilsizliklarga sabab boʻlish mumkin. Shunday holatlarga barham berishda esa, tugʻilganlik va shunga oʻxshash hujjatlarni oʻz vaqtida qayd etish ortiqcha yugur-yugurlarni oldini olishga xizmat qiladi.