Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Har bir fuqaro murojaati tinglandi


Xabaringiz bor, Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokidagi ommaviy sayyor qabullar bo‘lib o‘tmoqda. 


Mazkur qabullarda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, aholini qiynab kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalarr yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglashmoqda. Hozirgacha aholi tomonidan 10 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyati, ishga qabul qilish va tiklash, oylik maoshga ustama undirib berish, kredit olish yuzasidan huquqiy masalahat va ism-familiyani o‘zgartirish sohalarida bo‘ldi.

Masalan, fuqaro Sh. Xidirova Peshku tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati boshqarmaning tegishhli bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Yana bir fuqaro A. Achilov o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasida ishtirok etgan. Tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosalarini olib, barcha to‘lovlarni amalga oshirgan. Shunday bo‘lsada, haligacha Kogon tuman hokimligining  mulkka bo‘lgan huquqni etirof etish to‘g‘risidagi qarori chiqarilmaganligidan norozi bo‘lib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Ommaviy qabullarda murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgan bo‘lsa, oʼrganish talab qiladiganlari tegishli muddatlarda koʼrib chiqish uchun qabul qilinayapti.  Eslatib o‘tamiz, mazkur ommaviy qabullar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida