Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Jamoaviy va doʻstona muhitni shakllantirgan “Adliya spartakiadasi”


Adliya vazirligi tizimida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 10-12-iyun kunlari Olmos dam olish maskanida “Adliya spartakiadasi” o‘tkazildi. 

Vazirlik Markaziy apparati hamda hududiy adliya organlari xodimlaridan tashkil topgan jamolar sportning arqon tortish, armrestling, shaxmat, shashka, kamondan o‘q otish, stol tennisi, mini-futbol va boshqa turlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Mazkur baxslarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Armrestling bo‘yicha Kogon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Murod G‘ulomov oltin medal uchun kechgan baxsda texnik xato sababli, Qashqadaryo viloyati vakiliga imkoniyatni boy berib, faxirli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sporting shaxmat turi bo‘yicha esa Peshku tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Feruz Kenjayev ham oltin medal uchun kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchrab, faxrili ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur sport bayrami yuqori saviyada tashkil etilganligi va jamoalarning murosasiz kechgan bahslari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek xodimlar oʻrtasida jamoaviy va doʻstona muhitni shakllanishda alohida o‘ringa ega bo‘ldi.