Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Davlat xizmatlari markazlariga tijorat banklari shoxobchalarini joylashtirish bo‘yicha tanlov


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-apreldagi PF–113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari markazlari binolarida davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qiladigan tijorat banklari shoxobchalarini ijara to‘lovlarini undirmagan holda besh yilgacha bo‘lgan muddatga joylashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov predmeti : Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari markazi binosida davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qiladigan tijorat banklari shoxobchalarini ijara to‘lovlarini undirmagan holda besh yilgacha bo‘lgan muddatga joylashtirish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi. (shartnoma muddati 5 yilgacha)

E’lon bo‘yicha takliflar 2022-yil 29-iyun kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov hujjatlari :

1-ilova tanlov hujjatlarini baholash me’zonlari

2-ilova tanlovga qo‘yilgan davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati

3-ilova taklif varaqasi namunasi

-        Taklif varaqalari har bir davlat xizmatlari markazlari bo‘yicha alohida taqdim

etilishi shart.

-        Takliflar muhrlangan konvertlarda Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi

168-uy manzilida taqdim etilishi bildiriladi.

-        Tanlov ochiq shaklda 2022-yil 30-iyun kuni soat 15:00 da Buxoro viloyat

adliya boshqarmasi binosi (Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 168-uy 2-qavat)da o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma‘lumotlar uchun (65) 223-33-11. (98) 272-70-30.