Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Romitanliklarning murojaatlari tinglandi



Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Romitan tumanida hudud aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.



Qabulda fuqarolarga tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish, elektr taʼminoti, yoʼlni taʼmirlash, moddiy yordam, pensiya, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.



Masalan, fuqaro Z. To‘xtayeva 2-guruh nogironi bo’lgan farzandiga qarab turgan davri uchun moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam berishni so’radi.


Yana bir murojaatchi O.Xudoynazarov esa Gaz quvurlari hamda elektr energiyasidagi nosozliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko’rsatishni so’rab murojaat qildi.



Shu kuni hudud aholisidan 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, oʼrganish talab qiladigan 9 ta murojaat koʼrib chiqish uchun qabul qilindi.