Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

29-iyun kuni Romitan tuman Xalq ta’limi bo`limida o`tkazilgan targ`ibot tadbiri


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida Buxoro viloyatida vazirliklar, hududiy tashkilotlar va idoralar rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan ommaviy qabullar natijalari bo`yicha yig`ilish bayonining 16-bandi ijrosi yuzasidan Romitan tuman adliya bo`limi tomonidan “Tuman (shahar) adliya bo`limlari va yuridik xizmat ko`satish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish 2022-yilga mo‘ljallangan reja-grafik”ka asosan Romitan tuman adliya bo`limi hamda yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan joriy yilning 29-iyun kuni Romitan tuman Xalq ta’limi bo`limida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.


“Adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo`limlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo`yicha xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturi”ga asosan Romitan tuman Xalq ta’limi bo’limining murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga oid qonunchilik, murojaatlarning turlari, shakllari va ularga qo‘yiladigan talablar, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaatlarni ko`rib chiqish yuzasidan davlat nazorati to’g’risida tushuntirishlar berildi.




Mazkur dasturning tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ya’ni majburiy mehnat uchun javobgarlik, xodimning mehnat huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, o`zgartirish va bekor qilish, ish vaqti va dam olish vaqti, ta’tillar, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar, mehnat intizomi, taraflarning javobgarligi, mehnat nizolari va ularni hal qilish tartibi mehnat muhofazasi, tibbiy ko‘rik masalalari bo’yicha tegisho’li tartibda tushuntirishlar berilib, ushgbu holatga qat’iy riolya qilish, xodimlarning ish joyida belgilangan majburiyatlariga amal qilish doirasida majburiy mehnat yo’l qo’yilmasligi, ushbu holat javobgarlikni keltirib chiqarishini, xodimning majburiyatlari doirasida ish beruvchining ham majburiyatlari majud bo’lib, unga amal qilish lozimligi to’g’risida tushuntirishlar berildi.





Tuman Xalq ta’limi bo’limida o’tkazilgan o’quv seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha xalqaro konvensiya, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to`g`risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlarining vakolatlari, tashkilot xodimlarining bu sohadagi huquq va majburiyatlari, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Tuman xalq ta’limi bo’limida olib borilgan o`quv seminari munozara va savol-javoblar asosida olib borilib, ishtirokchilar tomonidan o’quv seminari o’tkazilgan mavzularga oid savollarga javoblar berildi.