Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati doimiy nazoratda



 Jumladan, Buxoro shahar Mustaqillik ko'chasida yashovchi S.Raxmatov viloyat adliya boshqarmasiga ko’p qavatli turar joylarni quruvchi tashkilot shartnoma shartlarini bajarilmaganligidan norozi bo'lib murojaat qilgan.

Boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o’rganildi.

O'rganish jarayonida, fuqaroning yashash xonadoni buzilgan bo’lib, uning o’rniga ko’p qavatli turar joylardan kvartira ajratilishi va ungacha ijarada yashab turgan uyi uchun ijara to’lovi tadbirkor tomonidan qoplanishi belgilangan.

Shu maqsadda, Buxoro shahar hokimining 2018-yildagi 10-sonli kelishuv bitimi, 2019-yildagi 2895-sonli qarori va  06.02.2020-yildagi 30-sonli qo'shimcha kelishuvi ham imzolangan. Tadbirkor tomonidan fuqaro S.Raxmatovga ko’p qavatli turar joyda joylashgan kvartirani 2020-yilning 31-dekabr kunigacha qurib, topshirga kelishilgan.

Viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan o’rganish jarayonida esa, tadbirkor haligacha uyni topshirmagani va fuqaroning ijara to'lovlarini to'lab berilishi kerakligi anqilandi.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkor va fuqaroga shartnoma shartlari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirish berilgandan so'ng murojaat ijobiy hal etildi.

Tuyg'un Azimov

Viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i