Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kogon, Qorovulbozor, Jondor tumanlari hamda Kogon, Buxoro shahridagi maktab, bog'cha va oilaviy poliklinikalar ham "E-Huquqshunos"ga ulandi



Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-173-son Qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining bo'limlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari hamda ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalariga yuridik xizmat ko'rsatishilishi yo'lga qo'yish belgilangan.

Shu munosabat bilan Buxoro, Kogon shahar, Jondor, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida umumta'lim maktab, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar rahbarlariga O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan tashrif buyurgan mas'ul xodim A.Qo'ldoshev tomonidan "E-huquqshunos" elektron timizidan foydalanish bo'yicha seminarlar tashkil etildi.


Shuningdek, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Ro'ziyev boshchiligida ishchi guruhi tumandagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari rahbarlariga Prezidentimizning qarorlarining mazmuni hamda "E-Huquqshunos" elektron tizimining afzalligi, undan foydalanish bo'yicha maslahatlar berdi.

Seminarda bog'cha, maktab va oilaviy poliklinika rahbarlariga "E-Huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish uchun maxsus qurilmalar tarqatib berildi.