Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Kogonda huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Kogon tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Kogon tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari o'rtasida o'quv-kursi va huquqiy maslahat targ'ibot tadbiri o'tkazildi.


Ushbu tadbir davomida ishtirokchilarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash”, “Mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish, "Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzularida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan Konstitutsiyamizda ekologiya masalasi joy olganligi, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo’shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "Ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi" mavzularida, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish tog'risida"gi O'RQ-561-son qonunining mazmun mohiyatiga oid xodimlarga huquqiy tushuntirishlar, maslahatlar berildi.