Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qorako'lda targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Qorako`l tuman adliya  bo'limi  tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limida o'quv-seminar, huquqiy maslahat targ'ibot tadbiri tashkil etildi. 


Ushbu tadbir  ishtirokchilarga tasdiqlangan reja-grafikka ko'ra “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya uchun javobgarlik” hamda "Odam savdosiga qarshi kurashish", "Ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi – xalq muhokamasi davom etayotgan va yangi tahrirda qabul qilinishi kutilayotgan Konstitutsiyamizda ekologiya masalasi ham joy olganligi, Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" mavzularida, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-113-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish, yetkazishga qaratilgan huquqiy maslahat kursi, targ'ibot tadbiri o'tkazildi.