Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman shahar (adliya) bo‘limlari tomonidan 2022-yil 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T



Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, qonunchilik ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonunchilikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini hamda notariat va advokatura organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlardan foydalanish, bu sohadagi ishlarni doimiy tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-yarim yilligida 3859 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 3497 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2748 ta murojaat yoki 78 foizi qanoatlantirilgan.

Bundan tashqari, 749 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 126 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.

II. Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va yuridik xizmatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar munosabatlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishini yaxshilash maqsadida belgilangan ish rejaga asosan doimiy ravishda joylarda o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 806 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 209 ta taklif va 2029 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 525 tani tashkil qilgan. 209 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bugungi kunda qoldiqdagi 69 ta taqdimnoma va 34 ta ma’muriy takliflar tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

III. Boshqarma tomonidan sudlarga kiritilgan da’vo arizalar bo‘yicha.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022-yil 1-yarim yilligida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 1501 ta 24 mlrd. 458 mln. 951 ming 044 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan

IV. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha.

Hisobot davrida bo‘lim tomonidan jami 6 ta idoralar faoliyati o‘rganildi. 92 ta idoralarning statistik hujjatlari va 28 ta normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Shundan, 5 tasini qonun hujjatlari, 12 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 10 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlar tashkil etdi.

Hisobot davrida 28 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida 15 marotaba davlat organlari va tashkilotlariga tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 4 marta umumlashtirilgan ma’lumotlar kiritildi.

Shuningdek, joriy yilda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 4 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, unda 3200 nafardan ortiq fuqarolarning ishtiroki ta’minlandi. So‘rovnomalar yakuni bo‘yicha tegishli tartibda vazirlikka axborot berildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 26 ta takliflar ishlab chiqilib, vazirlikka tegishli tartibda taqdim qilingan.

V. Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha.

Nodavlat notijorat tashkilotlar reestrida 30.06.2022-yil holatida jami 574 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 357 tasi davlat ro‘yxatidagi va 217 tasi hisob ro‘xatidagi tashkilotlar tashkil etadi. 117 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tashkilotlarning 107 tasi islomiy va 10 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

VI. Boshqarmaning normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va qonun hujjatlarini turkumlash faoliyati bo‘yicha:

2022-yil 6 oyi mobaynida adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 106 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib ularning, 52 tasi esa belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.

Boshqarma tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining 41 ta normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobiga olingan. Hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari rasmiy nashrlarda e’lon qilindi.

Adliya vazirining tegishli buyruqlari asosida 2022 yilning 6 oyi davomida jami 10 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 14 martdagi “Yuridik xizmat faoliyatiga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 73-um-son buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyalarining tarkibi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yilning 6 oyi davomida 30 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilib, shundan 26 nafar yuridik xizmat xodimi suhbatdan o‘tkazilgan deb topilgan bo‘lsa, 4 nafari suhbatdan o‘tmagan deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmatlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining ma’lumotlar bazasi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Shuningdek, 18 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tkazildi, shundan 15 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tgan deb topilib guvohnomalar berilgan bo‘lsa, 3 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan o‘tmagan deb topilgan.

VII. Huquqiy xizmatlar sohasida:

Viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya qilinishi nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomlar talablari asosida jami 10 marotaba nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganishlar natijasi yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taqdimnomalar kiritilib, malaka komissiyasining qaroriga asosan jami 21 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, huquqiy xizmatlar bo’limi tomonidan 2022-yilning I-yarim yilligi davomida professional mediatorlar reestriga kirish istagini bildirib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan talabgorlarning 26 nafari professional mediatorlar reestriga kiritildi.

VIII. Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha:

Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali joriy yilning 6 oyi davomida 339 382 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Markazlar hamda ularning filiallari (14 ta) tomonidan viloyatning olis hamda aholi gavjum joylarda sayyor tarzda 43 127 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 8 582 ta YaTT, 2 501ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 2 355 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va viloyatimiz aholisi tomonidan 45 469 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.

FHDY organlari tomonidan 19 521 ta tug‘ilish, 6 532 ta nikohni qayd etish, 1 423 ta nikohdan ajraganlik, 4 655 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 796 ta otalikni belgilash hamda 140 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan.

FHDY bo‘limlari tomonidan dalolatnoma yozuvlariga 868 ta holatda ariza asosida, 46 ta holatda xulosa asosida, 14 ta holatda sud qarori asosida o‘zgartirish, qo‘yshimcha va tuzatishlar kiritilgan.

Shuningdek, 107 nafar fuqarolarning familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish harakati amalga oshirilgan.

Hisobot davrida xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida kelib tushgan 309 ta so‘rovnomalar ko‘rib chiqib, hal qilingan.

IX. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat xizmatini ko‘rsatilishi sohasida nazorat qilish bo‘yicha 4 ta tashkiltlarda o‘rganish hamda 31 marotaba elektron tizim orqali monitoringlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida bir qator qonun buzilishlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 24 ta taqdimnoma kiritilgan va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 20 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning 57 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qonun hujjatlari talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 208 ta ogohnomalar kiritilgan.

Vakolatli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda 15 dan ortiq turli davra suhbatlari va seminarlari o‘tkazilgan hamda davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzilishi ko‘p uchrayotgan tashkilot rahbarlari bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan davra suhbatlarida tuman (shahar) miqiyosidagi tashkilotlarning davlat xizmatini ko‘rsatish borasidagi muammolari va elektron tizim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan ushbu tashkilotlarning viloyat tashkilotiga yetkazilishi ta’minlangan.

X. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida:

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 14 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 13 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 2 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 9 ta taklif, 1 ta jinoiy taklif va 85 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 2 ta tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgilari bartaraf etilgan. 9 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bo‘lim tomonidan 43 ta jismoniy va yuridik shaxslarga tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborot dasturlari orqali talabnoma topshirilishiga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-sonli qarori bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt maxsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida 7 ta profilaktik kuzatuv va monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

XI. Boshqarmaning qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda jamiyatda xuquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot faoliyati bo‘yicha:

2022-yilning 6 oyi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 270 ta taklif kiritilgan.

Viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilib olinishi va o‘z tarkibiy bo‘linmalariga yetkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 625 ta normativ huquqiy-hujjat (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 40 ta, Prezident farmoni 51 ta, Prezident qarori 150 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori 226 ta, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning buyruq va qarorlari 117 ta, Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari 41 ta) tegishliligiga ko‘ra elektron shaklda yetkazilishi ta’minlandi.

Adliya organlari tomonidan 2022-yilning I-yarim yilligida jami 14798 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan bo‘lib (adliya bo‘limlari 10789 marotaba, boshqarma bo‘limlari 4009 marotaba), shundan 5841 tasini ommaviy axborot vositalari orqali (adliya bo‘limlari 4602 ta, boshqarma bo‘limlari 1239 ta, shundan 169 ta televidenie, 700 ta radio va radiouzellar, 209 ta gazeta va jurnallarda hamda 4763 ta veb sahifa hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda), 7139 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot (adliya bo‘limlari 5772 ta, boshqarma bo‘limlari 1367 ta, shundan 1839 ta ma’ruza, 1326 ta davra suhbati, 504 marta seminar va 3470 ta uyma-uy yurish) tadbirlarni tashkil etdi.

Mazkur tadbir va OAVlar orqali amalga oshirilgan chiqishlarda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, 42001 ta ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari ishtirokchilarga tarqatilgan.

 

 

Rejalashtirish va samaradorlikni

baholash bo‘limi