Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil I-yarim yillik yakunlari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ma’lumot.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil I-yarim yillik yakunlari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlil qilindi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-chorak davomida 3859 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 3497 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2748 ta murojaat yoki 78 foizi qanoatlantirilgan.

Boshqarma rahbariyati va tuman (shahar) adliya bo‘lim xodimlarining shaxsiy qabullarida 2022-yil 1-chorak davomida jami 665 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Shuningdek, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish maqsadida 2022-yilning
I yarim yilligida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish jadvali tasdiqlangan.

Tashkil etilgan sayyor qabullar jarayonida jami 2052 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Shaxsiy va sayyor qabullarda qabul qilngan jami 2717 ta murojaatlarning 2166 ta murojaat qanoatlantirildi, 370 ta marojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berildi hamda 61 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ko‘rib chiqish ahvoli yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, bu borada natijadorlikni yanada oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.

Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga kelib tushgan va qanoatlantirilgan murojaatlarni, shuningdek murojaatlar davomida eng ko‘p uchrayotgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar matbuotda va rasmiy veb-saytlarda keng yoritib borilmoqda.

Shuningdek, ijobiy hal qilingan va qanoatlantirilgan murojaatlar doimiy ravishda televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar, bosma va boshqa elektron ommaviy axborot vositalarida yoritilib borilmoqda.

Шунингдек, ижобий ҳал қилинган ва қаноатлантирилган мурожаатлар доимий равишда телевидение, радио, ижтимоий тармоқлар, босма ва бошқа электрон оммавий ахборот воситаларида ёритилиб борилмоқда.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 2991 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2691 tasi hal etilgan bo‘lib, 2270 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 84 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 163 ta taqdimnoma, 1185 da’vo arizasi, 30 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 89 nafar xodim intizomiy,
24 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 13.047.930.963 so‘m undirilishi ta’minlangan. Shuningdek, 115 ta hujjat bekor qilinishi ta’minlandi. Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi masalalari yuzasidan, mehnat nizolari yuzasidan va yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan ko‘pligini ko‘rsatdi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid jami 463 ta shikoyat, ariza va takliflar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 443 tasi hal etilgan bo‘lib, 320 tasi qanoatlantirilgan. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 72 % ni tashkil qiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 40 taqdimnoma, 60 da’vo arizasi, 3 ta ma’muriy taklif kiritilgan. Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 12 nafar xodim intizomiy, 3 nafar xodim ma’muriy javobgalikka tortilib, 7.279.857.992 so‘m undirilishi ta’minlangan. Mazkur sohadagi tahlil ham murojaatlarning yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, bank faoliyati va soliq sohasiga oid masalalarda ko‘pligini namoyon etdi.

 

Rejalashtirishi va samadorlikni

baholash bo‘limi