Янгиликлар
20
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi
Jondor tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimligi xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish va uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo'yicha seminar o'tkazildi.
Seminarda B.Maxsudov hududda sodir etilgan korruptsion jinoyatlar haqida ma'lumotlar berib, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar xususida to'xtaldi. Shundan so'ng tuman adliya bo'limi boshlig'i H.Qoryog'diev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Davlat dasturi ijrosining borishi yuzasidan axborot berdi.