Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

47 mln 686 ming so’m kompensatsiya to’lovlari undirildi


Bugun adliya bo’limlari chin ma’noda xalqni dardini, muammolarini tinglaydigan, buzulgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam beradigan xalqchil tizimga aylangan. Albatta, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularga qonunchilikda bo’layotgan islohot va yangiliklarning tub mazmun mohiyatini yetkazish tizimning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Tuman shahar adliya bo’limlariga har kun 10 dan ortiq fuqarolar ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, qo’yingki barcha sohalarda buzilgan huquqlarini tiklab berish uchun murojaat qilishadi.


Masalan, 2019-yilda Buxoro shahrida olib borilgan obodonlashtirish va qayta qurish ishlari olib borilgnligi sabab, Ra’no Bakayevaga tegishli bo’lgan bino va inshootlar buzib tashlangan edi. Ammo, haligacha buzilganlik uchun mutasaddi tashkilotlar tomonidan kompensatsiya to’lab berilmagan. Mazkur masalada fuqaro bir qancha tashkilotlar eshigiga bosh urib bordi. Afususki, birortasidan na bir jo’yali yordam, na bir maslahat olib bildi. 3 yillik ovvoragarchilikdan charchagan Ra’no opa Buxoro shahar adliya bo’limiga murojaat qildi.



Buxoro shahr adliya bo’limi tomonidan mazkur holat o’rganildi. Haqiqatan ham fuqaroning huquqlari buzilib, 47 mln 686 ming so’m kompensatsiya to’lovlari to’lab berilmaganligi aniqlandi. Buxoro tumanlararo sudiga kiritilgan davo arizasiga binoan fuqaroga ushbu summa to’liq undirib berildi. Albatta, har bir murojaat ortida inson qadri, uning taqdiri va manfaati yotadi. Bu borada adliya bo’limlari har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini tiklashda ularga kamarbasta bo’ladi.