Янгиликлар
25
Yuridik markazlar huquqiy ekspert sifatida muhim
Uzoq emas, bundan 3 yillar avval yuridik xizmat termini hali odamlarga uncha tanish emas edi. Chunki yuridik xizmat ko'rsatish markazlari yo'q edi. Kun sayin aholining huquqiy ongini takomillashtirish maqsadida yangi xizmat turlari yo'lga qo'yilmoqda. Buxoro shahar yuridik markazi misolida ko'radigan bo'lsak, bu tizim qonunlar ijrosi, huquqni qo'llash amaliyotining samaradorligi, shubhasiz, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlanadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatiga baho beradigan yagona organ sifatida ko'zga tashlandi. Yanayam to'g'risi bu tizim ekspert sifatida jamiyat uchun muhim.
Avvalgi tartibni tahlil qiladigan bo'lsak, davlat organlari va tashkilotlaridagi yuristlar malakasi yetarli darajada emasdi. Sohaga tajribali kadrlarning jalb qilinmaganligi oqibatida hujjatlar loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishi sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelayotgandi. Natijada qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar ko'p hollarda joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning haqli e'tirozlariga sabab bo'layotgandi.
Hozir esa yuridik markazlar davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatib, xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishda, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo'lishida muhim o'ringa ega bo'layapti.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, markazlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga ko'rsatilayotgan yuridik xizmatlar natijasida, ular tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar har tomonlama sifatli va kamchiliklardan holi bo'lmoqda. Bu esa, qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda alohida ahamiyatga ega bo'layapti.