Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Buxoroda iyul oyida qancha davlat xizmatlari ko'rsatilgan?


Buxoro viloyatidagi davlat xizmatlari markazlarida joriy yilning iyul oyi davomida jami 29 008 ta davlat xizmatlari ko'rsatilgan. Eng ko'p murojaat bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish sohasida bo'lib, bu turdagi arizlar 4 705 tani tashkil qilmoqda.

Keyingi o'rinlarda esa 4 582ta murojaat bilan ko'chmas mulk obektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza berish sohasi bo'lsa, 3 279 ta murojaat bilan kadastr pasportini shakllantirish sohasi eng ko'p murojaat bo'lgan uchlikka yakun yasagan.
Ko'rsatilgan xizmatlarni tumanlar kesimida tahliliga nazar tashlasak. Eng ko'p xizmat
ko'rsatgan markazlar bo'yicha birinchi o'rinda 6 046 ta xizmat bilan Buxoro shahar davlat xizmatlari markazi turgan bo'lsa, keyingi o'rinlarni 3 233 ta xizmat bilan G'ijduvon tuman va 2 365 ta xizmat bilan Vobkent tuman davlat xizmatlari markazi egallagan.

Shuningdek, ushbu sanada 5 771 nafar murojaatchi elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni afzal ko'rgan.

H.Tohirov, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi