Янгиликлар
04
Chekirchiliklar murojaati tinglandi
Qorako'l tuman adliya bo'limi tomonidan hududdagi "Chekirchi" mahalla fuqarolar yig'inida "Huquqiy axborot kuni" va sayyor qabul o'tkazildi. Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo’limi, notariuslar tomonidan aholi murojaatlari tinglandi. Mazkur qabulning ahamiyatli jihatidan biri shunda-ki, tumandagi tijorat banklari, bandlikka ko’maklashish markazi, pensiya jamg’armasi tuman bo’limi ham ishtirok etishdi.
Nogironligi mavjud bo’lgan qizini ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritishda amaliy yordam so’ragan Dilfza Shirinova murojaati o’sha joyning o’zida ijobiy hal qilindi. Tuman adliya bo’limi tomonidan barcha hujjatlar pensiya jamg’armasi mutaxassislariga taqdim qilindi. Barcha hujjatlar o’rganilgach Dilfuza Shirinovaning qizi ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritiladigan bo’ldi.
Fuqaro Arashgul Ochilova bir martalik moddiy yordam olib berishni so’rab murojaat qildi. Tuman adliya bo’limi va mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda oilaning ijtimoiy ahvoli o’rganildi. Kerakli hujjatlar tayyorlanib, moddiy yordam ajratilishi bo’yicha mutasaddi tashkilotga yuborildi.
Oydin Jabborova voyaga yetmagan farzandi uchun nafaqa olish maqsadida byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga ariza topshirganligi, lekin, haliga biror tayinli javob olmaganligi sababli sayyor qabulga kelgan. Adliya bo’limi xodimlari holatni o’rganish v anima sababdan nafaqa tayinlanmayotganligini aniqlash maqsadida murojaati bo’lim ish yurituviga qabul qilishdi.
Shu kuni fuqarolardan 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Aksariyat murojaat bankdan kredit olish, ishga joylashish, nafaqa tayinlash, yerga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohalarida bo’ldi.