Янгиликлар
08
Dastlabki yarim yillik sarhisob qilindi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tizimida joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar tahlili bo’yicha kengaytirilgan hay’at yig’ilishi o’tkazildi.
Dastlab hisobot davrida boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, 270 ta qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar berildi. 53 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazildi. Boshqarmaga kelib tushgan jami 958 ta murojaatning 786 tasi, tuman (shahar) adliya bo'limlariga kelib tushgan 2901 ta murojaatlarning 2717 tasi qonuniy hal etildi.
Sudlarga 23 mlrd. 543 mln 208 ming so'mlik 1441 ta da'vo arizalari kiritildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo'yicha 14 mingdan ortiq targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Shuningdek, kamchiliklarga yo’l qo’ygan tuman(shahar) adliya bo’limlari faoliyati ham tanqidiy tahlil qilindi. Tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan kelgusidagi faoliyat davomida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarni bajarish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.