Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ustama to‘lovlari to‘lab berildi.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro J.Porsayevga murojaatini o`rganish natijasida fuqaroga jami 6 625 900 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlarini to‘lab bermaganligingiz aniqlandi.

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkinligi, haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanishi belgilab qo`yilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq Mehnat Kodeksning
161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi ko`rsatilgan.

Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Buxoro tuman bo‘limiga taqdimnoma kiritildi. Natijaga fuqaroga 6 625 900 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlarini to‘lab berilishi ta’minlandi.

Inson huquqlarini himoya qilish
bo’limi boshlig’i T.Azimov