Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Inson huquqlarini himoya sohasida korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan monitoringlar natijasi.


Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Inson huquqlarini himoya sohasida korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan monitoringlar davomida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Toshrabot-Jilvon” irrigatsiya tizimi boshqarmasida Boshqarma tomonidan ayrim xodimlarga qonunda belgilangan tartibda imtiyozlari qo‘llanilmagan.

Jumladan, xodim A.U boshqarmaning 2021-yil 1-noyabr kunidagi 24-mt-sonli buyrug‘iga binoan 2020-2021-yillar ishlagan ish davri uchun navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lib, xodim 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan xodimga asosiy 15 kun jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha 3 kun jami 18 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining 2 ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 6122-son Farmoniga asosan qisqartirish yo‘li bilan qo‘shimcha dam olish kuni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari hisobidan kompensatsiya qilinib, 2021-yil 1-noyabrdan 18-noyabrgacha 16 ish kunidan iborat navbatdagi mehnat ta’tili berilgan.

Xuddi shunday holat xodim 2021-yildan 2022-yilgacha ishlagan davri uchun berilgan ta’tilda ham takrorlangan.

Xuddi shunday, xodim J.I boshqarmaning 2021-yil 1-noyabrdagi 4-mt-sonli buyrug‘iga asosan 2020-2021-yillar ishlagan ish davri uchun navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lib, xodim 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan xodimga asosiy 15 kun jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha 9 kunlik qo‘shimcha jami 24 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining 2 ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 6122-son Farmoniga asosan qisqartirish yo‘li bilan qo‘shimcha dam olish kuni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari hisobidan kompensatsiya qilinib, 2021-yil 1-apreldan 26-aprelgacha 22 ish kunidan iborat navbatdagi mehnat ta’tili berilgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 135-moddasida ishlayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘ttiz kalendar kun yillik uzaytirilgan asosiy ta’til berilishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, xodim O.S boshqarmaning 2021-yil 25-iyun kunidagi 13-sht-sonli buyrug‘i bilan 2020-2021-yillar ishlagan ish davri uchun navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lib, xodimning 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo‘lishiga qaramasdan xodimga asosiy 15 kun jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha 9 kunlik qo‘shimcha jami 24 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining 2 ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 6122-son Farmoniga asosan qisqartirish yo‘li bilan qo‘shimcha dam olish kuni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari hisobidan kompensatsiya qilinib, 2021-yil 25-iyundan 21-iyulgacha 22 ish kunidan iborat navbatdagi mehnat ta’tili berilgan.

Xuddi shunday holat xodim 2021-yildan 2022-yilgacha ishlagan davri uchun berilgan ta’tilda ham takrorlangan.

Bundan tashqari, xodim D.Z boshqarmaning 2022-yil 5-yanvardagi 1mt-sonli buyrug‘iga asosan 2021-2022-yillar ishlagan ish davri uchun navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lib, xodimning 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo‘lishiga qaramasdan xodimga asosiy 15 kun jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha 9 kunlik qo‘shimcha jami 24 ish kunidan iborat mehnat ta’tilining 2 ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi 35-son Farmoniga asosan qisqartirish yo‘li bilan qo‘shimcha dam olish kuni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari hisobidan kompensatsiya qilinib, 2022-yil 5-yanvardan 26-yanvargacha 19 ish kunidan iborat navbatdagi mehnat ta’tili berilgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 232-moddasida o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi belgilangan.

          Bundan tashqari boshqarma tomonidan xodimlarga mehnat ta’tiliga chiqqanligi munoasabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar kechitirilib to`langan. Boshqarma tomonidan 2021-yilda ta’tilga chiqqan barcha 24 nafar xodimga ta’til pullari kechiktirilib, to‘lab berilgan.