Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ustama to'lovlari undirildi


Fuqaro J.Porsayev Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga ustama to’lovlari to’lab berilmayotganligi haqida murojaat qildi. O’rganish natijasida haqiqatan ham  fuqaroga jami 6625900 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlarini to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkinligi, haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanishi belgilab qo`yilgan. 

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida 

ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq Mehnat Kodeksning  161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi ko`rsatilgan. 

Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Buxoro tuman bo‘limiga taqdimnoma kiritildi. Natijadaa fuqaroga 6625900 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlarini to‘lab berilishi ta’minlandi.

Tuyg'un Azimov, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i