Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qorako'l tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Eski qal'a" mahalla fuqarolar yig'inida targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Joriy yilning 19-avgust sanasida Qorako'l tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Eski qal'a" mahalla fuqarolar yig'inida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Ushbu targ'ibot tadbirida, adliya bo'limi xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.



Jumladan, fuqarolarga joriy yilning Adliya vazirligi tomonidan 15-avgustidan-15-sentabrga qadar "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir" aksiyasi e'lon qilinganligi, aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari, aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan ko'chmas mulklarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishida to'lanadigan kompensatsiya to'lovlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 18-iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 59 sonli bayoni 10-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Respublika ishchi guruhi shakllantirilganligi, ushbu yig‘ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro viloyat hokimining 2022-yil 10-avgustdagi 217-2-0-F/22-sonli Farmoyishi qabul qilinib, viloyatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha hududiy va tuman (shahar) ishchi guruhlarining tarkibi tasdiqlanganli fuqarolarga ma'lum qilinib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati shakllantirish boshlangani ta'kidlandi.