Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Buxoro viloyat adliya boshqarmasida OAV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi


“Boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning mos davrida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan anjumanni boshqarma boshlig‘i kirish so‘zi bilan ochib berdi va navbatni maruza uchun boshqarma boshlig‘I birinchi o‘rinbosariga  berdi. Maruzachi yig’ilganlarga joriy yilning mos davrida kelib tushgan murojaatlar, ularning qanoatlantirilganligi darajasi haqida ma’lumot berdi.




Ta’kidlanganidek, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 1-yarim yilligida 3859 ta ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan.Kelib tushgan murojaatlarning 3497 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2748 ta murojaat yoki 78 foizi qanoatlantirilgan. Bundan tashqari, 749 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 126 ta murojaat tegishligiga ko‘ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.


Jurnalistlar boshqarma tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha mansabdor shaxslarga qanday choralar ko‘rilganligi bilan qiziqishdi. O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 806 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 209 ta taklif va 2029 ta ogohnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 525 tani tashkil qilgan. 209 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bugungi kunda qoldiqdagi 69 ta taqdimnoma va 34 ta ma’muriy takliflar tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.



Sudlarga kiritilgan da’vo arizalari ham OAV vakillari qiziqshini uyg’otdi. Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022-yil 1-yarim yilligida fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga kiritilgan 1501 ta 24 mlrd. 458 mln. 951 ming 044 so‘mlik davo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.




Anjuman davomida Buxoro viloyatdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra joriy yilning 6 oyi davomida 339 382 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida viloyat bo‘yicha 8 582 ta YaTT, 2 501ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan, 2 355 ta tadbirkorlik sub’ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan va viloyatimiz aholisi tomonidan 45 469 ta masofadan turib (online) davlat xizmatlaridan foydalanilgan.


FHDY organlari tomonidan 19 521 ta tug‘ilish, 6 532 ta nikohni qayd etish, 1 423 ta nikohdan ajraganlik, 4 655 ta o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, hisobot davrida 796 ta otalikni belgilash hamda 140 ta farzandlikka olish amalga oshirilgan. Shuningdek, 107 nafar fuqarolarning familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish harakati amalga oshirilgan.


Albatta, jurnalistlarni intelektual mulk sohasida amalga oshirilgan ishlar qiziqtirmasdan qolmadi. Boshqarma boshlig’i OAV vakillarini soha bo‘yicha  qiziqtirgan savollariga javob berar ekan, bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 14 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 13 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.



O‘tkazilgan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 2 ta taqdimnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 9 ta taklif, 1 ta jinoiy taklif va 85 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 2 ta tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgilari bartaraf etilgan. 9 ta shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan matbuot anjumanidan junalistlar bir qancha xulosalar olishdi. “Ochig’ini aytaman adliya sohasi doim meni qiziqtirib kelgan. Chunki bu tizim huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Yangi qabul qilingan qonun hujjatlarni aynan adliya bo‘limlari bizlarga sodda va tushunarli qilib yetkazishadi. Haqiqatdan ham adliya barcha uchun ochiq tizimga allaqachon aylangan” deydi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari Baxtiyor Asadov.



Matbuot anjuman yakunida jurnalist va blogerlar adliya organlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi. Bunday matbuot anjumanlarni har oyda o‘tkazib turish bo‘yicha takliflarini bildirishdi.