Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Navbatdagi manzli Mug’oncha mahalla fuqarolar yig`ini


Romitan tumanida Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman Romitan adliya bo`limi bilan hamkorlikda tumandagi Mug’oncha mahalla fuqarolar yig`inida, Mug`oncha va Qalaychorbog` mahalla fuqarolar yig`ini aholisiga "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir" aksiyasi doirasida sayyor qabul va targ`ibot tadbirlari o`tkazildi.


2022-yilning 25-avgust kunida Romitan tumanidagi Mug`oncha mahalla fuqarolar yig`ini binosida, Mug`oncha va Qalaychorbog` mahalla fuqarolar yig`ini aholisi bilan sayyor qabul hamda targ`ibot tadbiri amalga oshirildi. Mazkur sayyor qabul va targ`ibot tadbiri davomida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.


Jumladan, Mug`oncha va Qalaychorbog` mahalla fuqarolar yig`ini fuqarolariga Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning 15-avgustidan 15-sentabrga qadar "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir" aksiyasi e’on qilinganligi, aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari, aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo`lgan ko`chmas mulklarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishida to`lanadigan kompensatsiya to`lovlari to`g`risida huquqiy tushuntirishlar berildi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 18-iyul kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan videoselektor yig`ilishining 59-sonli bayoni 10-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida o`zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko`chmas mulk obyektlarining elektron ro`yxatini shakllantirishni tashkil etish bo`yicha Adliya vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Kadastrlar agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Respublika ishchi guruhi shakllantirilganligi, ushbu yig`ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyat hokimining 2022-yil 10-avgustdagi 217-2-0-F/22- sonli Farmoyishi qabul qilinib, viloyatda o`zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko`chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish bo`yicha hududiy va tuman (shahar) ishchi guruhlarining tarkibi tasdiqlanganli fuqarolarga ma’lum qilinib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda barpo etilgan ko`chmas mulk obyektlari ro`yxati shakllantirish boshlangani ta’kidlandi.


Shuningdek, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.


O`tkazilgan sayyor qabul davomida boshqarma mas’ullari tomonidan sayyor qabul davomida ishtirok etgan fuqorolarning 30 dan ortiq murojaatlari eshitilib, 15 dan ortiq murojaatlar o`rganish uchun tegishli tartibda qabul qilinib, qolganlariga qonuniy yechim bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.