Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi


“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta‘minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta‘minlash yuzasidan Shofirkon tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Z.Halimov tuman hokimligi apparati xodimlari orasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bordi. 


Targ‘ibot  jarayonida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy qoidalar, davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vazifa va vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari, huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatish asoslari, davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari singari masalalarga to‘xtalib o‘tdi.