Bog'lanish

Telefon
(+998 65) 223-21-20

Elektron manzil
buxoro@adliya.uz

Xabarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jondorda sayyor qabul o'tkazildi


Ushbu targ'ibot tadbirida, adliya bo'limi xodimlari tomonidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining asosiy mulk huquqlariga oid qonunchilik normalari, aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan ko'chmas mulklarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishida to'lanadigan kompensatsiya to'lovlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi.





Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 18-iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 59 sonli bayoni 10-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Respublika ishchi guruhi shakllantirilganligi, ushbu yig‘ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida Buxoro viloyat hokimining 2022-yil 10-avgustdagi 217-2-0-F/22-sonli Farmoyishi qabul qilinib, viloyatda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish bo‘yicha hududiy va tuman (shahar) ishchi guruhlarining tarkibi tasdiqlanganli fuqarolarga ma'lum qilinib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda barpo etilgan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati shakllantirish boshlangani ta'kidlandi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarda asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Pf 198-sonli farmoni bo'yicha huqiqiy tushuntirishlar berildi.




Shuningdek, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.



Bundan tashqari, Xotin-qizlarning huquqlari hamda ularni tazyiq-zo'ravonliklardan himoya qilish, aliment to'lash hamda undirish tartibi to'g'risida huquqiy ma'lumotlar berildi. Sayyor qabul davomidatumanda istiqomat qiluvchi 10 nafar fuqaroning savoliga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 10 nafar fuqaroning murojaatlari tuman adliya bo'limining ish yurituviga qabul qilindi