Янгиликлар
31
Kogon shahrida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 25-avgust kuni Kogon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida jami 25 nafardan ortiq Kogon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlariga targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-avgustidan–15-sentyabrgacha “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilayotganligi, ushbu aksiyani o‘tkazishdan maqsad va unda belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek tadbir davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, odam savdosiga qarshi kurashish, majburiy mehnat, xususan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv seminar treningi tashkil etildi. Trening davomida adliya boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan 10 turdagi buklet va flayerlar tarqatildi.